Ixtiyor Toshpo‘latov “So‘g‘diyona”ning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi

  • 9 oktabr, 2017, 17:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Bir necha necha kun davomida “So‘g‘diyona” jamoasining rasmiy saytida va rasmiy telegram kanalida klubning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi uchun ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Ushbu so‘rovnomada 150 nafar obunachi ishtirok etdi. Yakunda jamoa xujumchisi Ixtiyor Toshpo‘latov 55% ovoz bilan “So‘g‘diyona” ning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ikkinchi o‘rinda 25% ovoz bilan Sanjar Rashidov, uchinchi o‘rinni 15% bilan  jamoa himoyachisi Javlon Guseynov egalladi.

Ixtiyor Toshpo‘latov shu kunga qadar juda muhim g‘alabalarga nafaqat gollari, balki gollarga assistentlik qilganini alohida e’tirof etish lozim. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!