
JCh–2018. Messi Argentinaga g‘alaba olib keldi va boshqa natijalar
Janubiy Amerika – KONMEBOL qit’asidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 13-turida Argentina terma jamoasi o‘z maydonida Chili futbolchilarini o‘z maydonida qabul qildi.
Uchrashuvning 16-daqiqasida Lionel Messi tomonidan urilgan penalti Argentinaga g‘alaba keltirdi.
Avvalroq Braziliya terma jamoasi Urugvay ustidan 4:1 hisobida irodali g‘alabaga erishgani, Kolumbiya esa kichik hisobda Boliviyani taslim qilgani haqida xabar berilgandi.
Qolgan o‘yin natijalari va turnir jadvali bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.
Argentina – Chili 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 16, penalti Messi.
Argentina – Romero, Otamendi, Mas (Musakko, 46), Merkado (Ronkalya, 77), Roxo, Bigliya, Maskerano, Di Mariya, Aguero (Banega, 58), Iguain, Messi.
Chili – Bravo, Isla, Bosejur, Xara, Fuensalida (Kastilo, 55), Arangis (Paredes, 90), Vargas, Ernandes, Sanches, Medel, Silva (Valdiviya, 70).
Ogohlantirishlar: Arangis (11), Fuensalida (15), Maskerano (18), Iguain (74), Ernandes (86).
Paragvay – Ekvador 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 12 Valdes, 2:0 – 65 Alonso, 2:1 – 70, penalti Kaysedo.
Paragvay – Silva, da Silva, Valdes, Alonso, Veron, Riveros, Kaseres (Ortis, 82), Almiron, Iturbe (Peres, 71), Dominges, Leskano (Santander, 64).
Ekvador – Dreer, Kaysedo, Mina, Ayovi, Valensiya, Noboa (Mena, 88), Orexuela (Oyola, 77), Paredes (Montero, 87), Valensiya, Bolanos, Kaysedo.
Ogohlantirishlar: Noboa (19), Bolanos (27), Riveros (83), Oyola (88).
Venesuela – Peru 2:2 (2:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 24 Vilyanueva, 2:0 – 40 Otero, 2:1 – 46 Karrilo, 2:2 – 64 Gerrero.
Venesuela – Farines, Vilyanueva, Anxel, Felcher, Gonsales, Otero (Machis, 73), Gerra, Murilo (Soteldo, 84), Rinkon, Martines (Errera, 59), Rondon.
Peru – Galese, Rodriges, Yotun (Penya, 78), Trauko, Ramos, Kueva, Tapiya (Akino, 85), Karrilo (Ruidias, 78), Korso, Gerrero, Flores.
Ogohlantirishlar: Murilo (28), Trauko (28), Felcher (44), Ramos (45), Tapiya (73).
Fikrlar