JCh-2018 ga bora olmaydigan Italiya JChdan 2 hafta oldin Frantsiya bilan o‘ynaydi

  • 7 dekabr, 2017, 23:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi 2018 yilning 1 iyun sanasida Frantsiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. Bu haqda Italiya Futbol Federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Xabarda aytilishicha, mazkur o‘yin Frantsiyaning Nitstsa shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Italiya terma jamoasi o‘tish o‘yinida Shvetsiyaga imkoniyatni boy berib, mundial chiptasidan mosuvo bo‘lgan edi. Frantsiya esa saralashni 1-o‘rinda yakunlab, Rossiya-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Faranglar JCh guruh bosqichida Peru, Daniya va Avstraliya bilan bir guruhdan joy egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!