Jahon chempionati: Ikki nafar hamyurtimiz medallar uchun bahs olib boradi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha Jahon chemppionati bahslari o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib bormoqda.
Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan -60 kg vazn toifasida 2 nafar hamyurtimiz medallar uchun kurashni davom ettirmoqda.
Xususan, Diyorbek O‘rozboev yarim final bosqichida ozarbayojonlik Orxan Safarov bilan bahs olib borsa, Muhriddin Tilovov bronza medali uchun o‘tkaziladigan qo‘shimcha saralash bosqichida qozog‘istonlik Gusman Qirg‘izboevbilan bellashadi.

Fikrlar