
Janni Infantino: Messi doimgidek ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, ammo hamisha g‘alaba qozonish imkonsiz
FIFA prezidenti Janni Infantino Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messining JCh-2018da ko‘rsatgan o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Albatta, muxlislar Argentina terma jamoasidan ulkan natijalar kutishgan edi. Butun dunyo ularni finalda ko‘rishni istagandi, ammo ular juda og‘ir kechgan o‘yinda ayni damdagi finalchi hisoblangan Frantsiyaga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
Futbolda hamisha g‘alaba qozonish imkonsiz. Messi doimgidek ajoyib o‘ynadi, fantastik gol urdi. U bundanda ko‘prog‘ini amalga oshirishga qodir. Agar Argentina Frantsiyani 2:1 hisobida taslim etganida, Messi o‘z mahoratini ko‘rsatishi mumkin edi.
Ammo hozir Messini tanqid qilish kerak emas. U so‘nggi 10 yil davomida bizni orzular sari etakladi. Ishonchim komilki, u yana uzoq vaqt o‘z darajasida to‘p surishda davom etadi”, - deydi Infantino.
Fikrlar