
Jervino Evropaga qaytishga yaqin turibdi
Ayni damda Xitoyning "Xebey Chayna Forchun" klubida to‘p surayotgan "Arsenal" va “Roma” jamoalari sobiq yarim himoyachisi Jervino tez orada "Parma"ga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda Sky Sports Italia nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra A Seriya klubi 31 yoshli kot-d’ivuarlik futbolchining transferi bo‘yicha Xitoy klubi bilan kelishuvga erishgan.
Ma’lumot uchun, Jervino joriy mavsum Xitoy Superligasida jami 6ta o‘yinda maydonga tushib, jamoasining 3ta goliga assistentlik qilishga erishgan.
Fikrlar