Jo Xart “Torino”da qolishni istayapti

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Torino" klubi bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovichning so‘zlariga ko‘ra jamoada ijara asosida to‘p surayotgan darvozabon Jo Xart turinliklar safida qolishni istamoqda. Biroq, klub rahbariyati uni sotib olishni rejalashtirishmayapti.

“Xart bizning jamoada qolishni istayapti, ammo biz uni sotib ola olmaymiz. Bizning kuchimiz uni yana bir mavsum ijaraga olishga etadi. Biroq, buyog‘i endi “Manchester Siti”ga bog‘liq.

Biz bu muammoni tezroq hal etishga urinyapmiz. Agar Xart tarkibda qolsa bu yaxshi, ammo u ketadigan bo‘lsa, o‘rniga boshqa darvozabon izlashimiz kerak bo‘ladi”, - deydi Mixaylovich.

Eslatib o‘tamiz, Xartning “Torino” bilan ijara shartnomasi joriy mavsum so‘nggida nihoyasiga etadi.

"Manchester Siti" Jo Xartni 18 mln evroga sotishga tayyor

“Manchester Siti” Donnarumma uchun 120-150 mln evro berishga tayyor

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!