
Joel Matip 5 oylik tanaffusdan so‘ng ilk marta maydonga tushdi
“Liverpul” klubi himoyachisi Joel Matip jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi. Bu haqda Liverpool Echo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning xabar berishicha 27 yoshli kamerunlik futbolchi kecha o‘tkazilgan nazorat o‘yinida ishtirok etgan. Ta’kidlash kerakki, Matip so‘nggi 5 oy ichida ilk bor maydonga tushdi. U joriy yilning mart oyida jarohat olgan va shundan buyon birorta uchrashuvda ham ishtirok eta olmay kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Matip o‘tgan mavsum “Liverpul” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar