Jokovich chorak finalda to‘htadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 “Katta dubulg‘a” turkumidan o‘rin olgan Uimbldon turniri o‘zining ayni qizg‘in pallasiga kirdi. Bugun sovrin jamg‘rarmasi 31 600 000 funtni tashkil etuvchi turnirning erkaklar o‘rtasidagi musobaqasida yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi.

Uimbldon. Jahonning birinchi raketkasi uchun turnir yakunlandi

Kecha jahonning birinchi raketkasi va turnirning amaldagi g‘olibi Endi Marrey aqshlik Sem Kuerriga imkoniyatni boy bergani haqida xabar bergan edik.

Chorak finalda Rodjer Federer kanadalik Milosh Raonichni 3 setda mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi.

ATP reytingida 4-o‘rinda borayotgan Jokovich esa chexiyalik Tomash Berdixga qarshi bahsning ikkinchi setida o‘yinni davom ettira olmasligini ma’lum qildi va turnirni tark etdi.

Bunga qadar esa xorvatiyalik Maren Chilich lyuksmeburglik Jill Myullerni mag‘lub etgan edi.

Uimbldon. Chorak final

Rodjer Federer (Shveytsariya) – Milosh Raonich (Kanada) 6:4 6:2 7:6

 

 Tomash Berdyx (Chexiya) – Novak Djokovich (Serbiya) 7:6 2:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!