Joze Mourino: Ronaldu MYuning rejalariga kirmasdi
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinoning so‘zlariga ko‘ra Krishtianu Ronalduni sotib olish jamoaning rejalariga kirmagan.
“Ronaldu bizning rejamizda yo‘q edi. “Yuventus” Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun uni sotib oldi. Chunki, A Seriyada ularga etadigan jamoa yo‘q. Turinliklar evrokuboklarda g‘olib chiqish uchun ajoyib transferni amalga oshirishdi”, - deydi 55 yoshli mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu "Real"dagi 9 yillik faoliyatidan so‘ng "Yuventus"ga ko‘chib o‘tdi va u bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

Fikrlar