Joze Mourino murabbiylik faoliyatidagi 900-o‘yinini o‘tkazdi

  • 04.11.2018 11:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha Angliya premer-ligasining 11-turidan o‘rin olgan "Bornmut" hamda  "Manchester Yunayted" (1:2) klublari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi.

E’tiborlisi, ushbu bahs mankuanliklar ustozi Joze Mourinoning murabbiylik faoliyatidagi yubiley 900-o‘yin bo‘ldi. Portugaliyalik mutaxassis ushbu o‘yinlarning 586tasida g‘alaba qozongan, 183tasida durang qayd etgan va 131tasida mag‘lubiyatga uchragan.

Ma’lumot uchun, hisobida 20 ochko mavjud bo‘lgan "Manchester Yunayted" hozircha musobaqa jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!