Jozep Bartomeu: AQShda o‘yin o‘tkazish g‘oyasi menga yoqdi

  • 18 sentabr, 2018, 18:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi prezidenti Jozep Bartomeu La Liganing ayrim uchrashuvlarni AQShda o‘tkazish borasidagi g‘oyasini ma’qullashini aytdi.

Tecno

“La Liga bizga shunday yo‘lni taklif qildiki, bu bizning fikrimizcha ham juda yaxshi. Bu menga juda yoqdi. Chunki, biz dunyodagi eng zo‘r hisoblangan chempionatimizni rivojlantirishimiz uchun ham pul topishimiz kerak. Bu borada fikrlar turlicha bo‘lishi mumkin, lekin bu bor yo‘g‘i futbolni ommalashtirish holos”, - deydi  Bartomeu.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino La Liganing ushbu qaroriga qarshi ekanligi haqida gapirib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum La Liganing 26-turidan o‘rin olgan “Jirona” – “Barselona” uchrashuvi AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!