Juftlik bahsida hamyurtlarimiz saralangan tennischilarga qarshi kortga chiqadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamlik o‘yinlarining tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi juftlik bahslariga ham start berildi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, hamyurtlarimiz Saida’lo Saidkarimov/Akmal Sultonbekov juftligi Saudiya Arabistoni vakillariga qarshi bahs olib borishdi. Vakillarimiz ustunligida kechgan bahs esa ikki set natijasiga ko‘ra 6-4 6-1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlandi.

Endi hamyurtlarimiz yarim final bosqichi oldidan qatarlik Zayid/Zayed juftligi to‘sig‘ini engib o‘tishi lozim bo‘ladi. Qayd etish lozim, qatarlik tennischilar saralangan sprortchilar qatorida to‘g‘ridan to‘g‘ri chorak final bosqichidan ishtirok etishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!