KUN VIDEOSI: Rashidovning xet-trigi “Nasonal”ga yirik g‘alaba keltirdi

  • 17 fevral, 2019, 06:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya Primeyrasi 22-turida o‘zbekistonlik Sardor Rashidov to‘p tepayotgan "Nasonal" o‘z maydonida "Feyrensi" klubini qabul qildi.

Tecno

Madeyrada kechgan uchrashuvda mezbonlar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani  qo‘lga kiritishdi. Hamyurtimiz Sardor Rashidov esa raqib darvozasini 3 bor ishg‘ol qilib, xet-trik muallifiga aylandi.

Rashidov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi 12, 54 hamda 67-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 70-daqiqada esa zaxiraga olindi.

Ushbu g‘alaba natijasida "Nasonal" hisobidagi ochkolar soni 23 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi."Feyrensi" esa 14 ochko bilan so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!