
Kaka 2018 yilgi "Oltin to‘p" sovriniga munosib 2 ta futbolchini aytdi
Yaqin o‘tmishning yulduz futbolchilaridan biri Kaka 2018 yilgi sayyoramizning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan “Oltin to‘p” sovriniga 2ta asosiy da’vogar nomini aytdi.
“Oltin to‘p”ni kim qo‘lga kiritishi mumkin? Modrich yoki Mbappe. Modrich bu yilni ajoyib o‘tkazdi. Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. U – maydonda shou yarata oladigan inson. Mbappe – juda kuchli futbolchi. Uni yorqin kelajak kutmoqda va u ushbu kelajakda albatta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritadi”, - deydi braziliyalik futbolchi.
Fikrlar