Kallum uchun mavsum tugadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Angliya premer-ligasidagi gollari bilan muxlislarini xushnud etib kelayotgan "Bornmut" hujumchisi Kallum Uilson uchun mavsum erta tugadi.

24 yoshli futbolchi mashg‘ulot chog‘ida chap tizzasidan jarohat oldi va shifokorlar uning maydonga qaytishiga kamida yarim yil kerak bo‘lishini ta’kidlashmoqda. 2015 yili Kallum o‘ng tizzasidan xuddi shunday jarohat olib, oyoqqa turishi uchun olti yarim oy maydondan tashqarida qolib ketgandi.

Joriy mavsumda Uilson APLda 20 ta o‘yinda, oltita gol urgandi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!