Kanchelskis: "Navbahor"ning zaxirasi "Lokomotiv" va "Paxtakor"niki singari emas

  • 23 oktabr, 2018, 21:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lokomotiv"ni g‘alaba tabriklayman. Raqiblar yaxshi jamoa ekanligini ko‘rsatdi. Futbolchilarimning o‘yinga bo‘lgan e’tibori uchun mamnunman. Barcha xato qiladi, bu futbol. Yaxshiroq va ishonchliroq o‘ynashimiz mumkin edi.

Tecno

Yo‘lga qo‘ygan birgina xatomiz tufayli gol o‘tkazib yubordik. Futbolchilarimga hech qanday ortiqcha savollarim yo‘q. Futbol shunday o‘yinki, unda faqatgina aqllilar bo‘lishi va ular yaxshi yurishlar qilishi kerak. O‘yingacha bizda kichik muammolar bo‘ldi. Hoshimov terma jamoada o‘ynagani uchun bir necha mashg‘ulotlarimizni o‘tkazib yubordi, shuningdek, diskvalifikatsiyaga uchradi.

Karimov esa jarohat olgandi. Ular bizning asosiy tarkib futbolchilarimiz edi. Agarda ushbu futbolchilar maydonda bo‘lganida o‘yin boshqacha kechardi. Nima bo‘lgan taqdirda ham barchaga rahmat aytaman. Bugun yutishni istagandik. Ammo hayot davom etadi. Endi "Paxtakor"ga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlik ko‘ramiz. Albatta, bugun g‘alaba qozonmoqchi edik, biroq bu amalga oshmadi.

Bizda o‘ng qanot himoyachisi muammosi kuzatildi. Oston takribda yorqin porlagan futbolchilardan biri. Bugun 4-3-3 taktikada o‘ynadik. Payovich o‘zi himoyachi bo‘lgani uchun, uni o‘ng qanotda o‘ynatsa bo‘lardi. Oston esa hujumkorroq futbolchi.

Jamoada yaxshi futbolchilar ko‘p. Ular bo‘lganida o‘yin boshqacharoq kechardi. Ammo biz qanday bo‘lsak, shundaymiz. Bizning borimizni shu maydon ko‘rsatdi. Zaxira esa "Paxtakor" yoki "Lokomotiv" kabi kabi katta emas. Yutqazdik, biroq futbolchilarga rahmat aytaman", - dedi rossiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!