Karatechilarimiz Parijdagi «Premer-Liga» turniriga yo‘l olishdi

CHERY AUTO

Musobaqada jahonning 82 mamlakatidan 750 dan ortiq sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi. Ular qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham bahslarda ishtirok etadilar. Bugun mazkur turnirda qatnashuvchi karatechilarimiz Parijga yo‘l olishdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Ma’lumot uchun, «Premer-Liga» musobaqasi Tokio 2020 Olimpiadasi litsenziyasi uchun reyting ochkolarini taqdim etuvchi turnirlardan biri hisoblanadi.

Terma jamoamiz Frantsiyaga quyidagi tarkibda jo‘nab ketdi:

-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
-75 kg: Dostonbek Otabolaev

-50 kg: Bahriniso Babaeva
-61 kg: Barno Mirzaeva

Murabbiylar: O‘ktam Bekpo‘latov, Dilnoza Bakirova.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!