
Karatechilarimiz jahon chempionatida hozircha ikkita medalni qo‘lga kiritdi
Qozog‘istonning Almata shahrida xalqaro Budokai uyushmasi tomonidan kyudokyukishin (karate turi) bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur dunyo birinchiligida 500 nafardan ortiq sportchilar g‘oliblik uchun o‘z mahoratlarini ko‘rsatishmoqda.
O‘zbekiston sharafini ushbu turnirda “Nurxas” karate markazi sportchilari himoya qilishmoqda. Kecha o‘tkazilgan musobaqalarda hamyurtlarimiz kata yo‘nalishi bo‘yicha ikkita medalni qo‘lga kiritdi.
Termamiz hisobida dastlabki medalni Jahongir Haydarov (bronza) olib kelgan bo‘lsa, Mutal Nazarov finalgacha etib kelib, kumush medal bilan taqdirlandi.
Musobaqalar davom etmoqda.
Fikrlar