«Kardiff» – «Lester» uchrashuvi sanasi o‘zgarmaydigan bo‘ldi

  • 30 oktabr, 2018, 23:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasining 11-turidan o‘rin olgan «Kardiff» – «Lester» uchrashuvi lesterliklar xo‘jayinining fojeali o‘limiga qaramay belgilangan sanada o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda “tulkilar” rasmiy tvitteri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda o‘yindan avval bir daqiqalik sukut saqlanadi va jamoalar qora bog‘ichlarda maydonga tushishadi.

Eslatib o‘tamiz,  «Kardiff» – «Lester» uchrashuvi 3 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!