Karlo Anchelotti 2000-2001 yil mavsumdagi antirekordini takrorladi
Karlo Anchelotti boshchiligida “Napoli” jamoasi EChL guruh bosqichi 6-turida “Liverpul”ga (0:1) imkoniyatni boy berib qo‘ydi va turnirning pley-offiga yo‘llanma ololmadi.
So‘nggi marta Anchelotti o‘z jamoasi bilan 2000/01 mavsumda bunday omadsizlikka duch kelgan. O‘shanda “Yuventus” guruhda “Deportivo”, “Gamburg” va “Panatinaikos” bilan bir guruhda kuch sinashib, so‘nggi o‘rinni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, EChL "S" guruhida PSJ birinchi, "Liverpul" ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rinda qolgan "Napoli" Evropa Ligasida ishtirokini davom ettiradi.

Fikrlar