Karolin Voznyatski “Australian Open – 2018” g‘olibi!
“Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” turnirining final uchrashuvida Simona Xalep va Karolin Voznyatski o‘zaro bahslashdi.
Sovrin jamg‘armasi 55.000.000 Avstraliya dollari bo‘lgan turnirning mazkur uchrashuvida Simona birinchi setda 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotgan edi. Biroq u vaziyatni o‘nglab olgan bo‘lsa-da tay-brekda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ikkinchi setda Karolin o‘yin tizginini qo‘ldan chiqarib yubordi 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. So‘nggi hal qiluvchi uchinchi setda daniyalik tennischi 6:4 hisobida g‘alaba qozondi
Shu tariqa Avstraliya ochiq chempionatining bosh sovrinini qo‘lgan kiritgan Karolin Voznyatski WTA reytingida ham birinch pog‘onasidan joy oldi.
Fikrlar