
Kellini: MYudan uchralgan mag‘lubiyat "Yuventus"ga dars bo‘lishi kerak
Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Jorjo Kellini kecha "Manchester Yunayted"ga (1:2) qarshi bahsda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Bu mag‘lubiyat biz uchun dars bo‘lishi shart. Biz ishlashda davom etishimiz va bunday xatolardan qochishimiz kerak.
Biz ushbu o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozonishimiz va guruhda pley-off masalasini hal qilishimiz mumkin edi. Ammo yakunda bir ochko ham qo‘lga kirita olmadik”, - deydi tajribali futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” ayni damda 9 ochko to‘plagan holda “H” guruhida etakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda esa “Manchester Yunayted” (7), “Valensiya” (5) hamda “Yang Boyz” (1) klublari borishmoqda.
Fikrlar