Keylor Navas o‘zining "Real"dagi kelajagi haqida gapirib o‘tdi
Madridning “Real” klubi darvozaboni Keylor Navas o‘zining jamoadagi kelajagi haqida gapirib o‘tdi.
“Men allaqachon Lopetegi bilan gaplashdim. Xavotir olmang, hammasi yaxshi. Men ham xotirjamman. Chunki, shartnomam tugashiga yana 2 yil bor. Men ushbu vaqt davomida o‘z o‘yinimni yanada yaxshilashga harakat qilaman. Har doim aytganman, men Madridda baxtliman va shu erda qolishni istayman”, - deydi kosta-rikalik posbon.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq agar “Real” “Chelsi”dan Tibo Kurtuani sotib olgan taqdirda ham, Navas u bilan asosiy tarkibga kirish uchun raqobatlashishga tayyor ekanligi haqida aytib o‘tgan edi.

Fikrlar