
Keyxill Avstraliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Avstraliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblangan hujumchi Tim Keyxill o‘zining xalqaro faoliyatini yakunladi.
“Terma jamoadan ketadigan kunim etib keldi. Mamlakat sha’nini himoya qilayotgan o‘yin paytidagi hissiyotlarni tasvirlab bera olmayman. Terma jamoada o‘tkazgan yillarimda meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat”, - deydi 38 yoshli futbolchi.
Ma’lumot uchun, Keyxill Avstraliya terma jamoasi safida jami 107ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 50ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar