"Kristal Pelas" Germaniya terma jamoasi a’zosini ommaga tanishtirdi (FOTO)

  • 3 avgust, 2018, 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra “Shalke” bilan shartnomasi yakunlangan va erkin agent maqomida bo‘lgan yarim himoyachi Maks Mayer Londonning "Kristal Pelas" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Tecno

Unga ko‘ra 22 yoshli germaniyalik futbolchi APL klubi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekkan. Kelishuvga ko‘ra uning yillik maoshi 10 mln evroni tashkil etadi.

"Кристал Пэлас" объявил о переходе хавбека сборной Германии

Ma’lumot uchun, Mayer “Shalke” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U ushbu vaqt mobaynida jami 192ta o‘yinda maydonga tushib o‘z hisobiga 22ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan. Germaniya terma jamoasi safida esa 4ta o‘yinda ishtirok etib 1ta golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!