Kurtua "Chelsi" muxlislariga murojaatnoma yubordi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Salom, "Chelsi" oilasi! Bu erda o‘tgan 4 yillik fantastik davr uchun chin yurakdan rahmat aytaman. "Chelsi" doimo mening qalbimda bo‘ladi.

Bu klub menga ishonch bildirganida men endigina 19 yoshda edim. Men jahondagi eng kuchli jamoalardan biri sanalgan klubning bir bo‘lagi bo‘lganligimdan xursandman. Men bu erda o‘zimning bolalikdagi orzum - APLda o‘ynash baxtiga muyassar bo‘ldim. Ikki marta Premer-liga, Liga kubogi va Angliya kubogida zafar quchganimdan fahrlanaman.

Men bilan to‘rt yil birga ishlagan, futbolchilar va texnik hodimlarga katta rahmat aytaman.

So‘zim so‘nggida meni to‘rt yil davomida qo‘llab-quvvatlab kelgan muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Umid qilamanki, sizlar meni bunday qarorga kelishimga sabab, farzandlarimga yaqin bo‘lish istagi tufayli ekanligini to‘g‘ri tushunib etasizlar", - deb yozib qoldirdi belgiyalik kiper o‘zining Facebook sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!