Kurtua "Real"ning "Xetafe"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritildi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bugun La Liganing ilk turida “Xetafe”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.
Unga ko‘ra ushbu ro‘yxatdan 19 nafar futbolchi, jumladan Navas, Kasilya, Kurtua, Karvaxal, Ramos, Varan, Nacho, Marselo, Kroos, Modrich, Kazemiro, Asensio, Isko, Sebalos, Benzema, Beyl, Vaskes, Mayoral va Vinisius Juniorlar joy olishdi.
Ta’kidlash kerakki, yaqindagina “Chelsi”dan ko‘chib o‘tgan Kurtua uchun bugungi o‘yin “qirollik klubi” safidagi debyut uchrashuv bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, «Real» – «Xetafe» uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:15da boshlanadi.
Fikrlar