
La Liga. “Eybar” kataloniyaliklarni yirik hisobda mag‘lub qildi
Ispaniya chempionati 20-tur so‘nggi o‘yinida “Eybar” jamoasi o‘z maydonida “Espanol” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Anchagina murosasiz kechgan bellashuvda maydon egalari kataloniyaliklar darvozasiga javobsiz 3 ta gol kiritdi. Gollarga Enrik, De Blasis va Sharles mualliflik qilishdi.
Eybar – Espanol 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 24 Enrik, 2:0 – 52 De Blasis, 3:0 – 84 Sharles.
Eybar – Riesgo, Penya, Arbilya, Bigas, Xose Anxel, De Blasis (Eskalante, 83), Jordan, Diop, Kukurelya, Kike (Sharles, 78), Enrik (Kardona, 87).
Espanol – Lopes, Lopes, Lyuis Lopes, Naldo (Iglesias, 62), Vila, Sanches (Ermoso, 63), Mark Roka, Granero, Melendo (Pyatti, 75), Baptistao, Puado.
Ogohlantirishlar: Sanches (18), Jordan (28), Vila (40), Baptistao (69), Iglesias (85), Enrik (86), Granero (90).
Fikrlar