
La ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan “Barselona” futbolchilari
O‘tgan dam olish kunlari Ispaniya La ligasining 23-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “Barselona” jamoasi “Leganes”ga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, mazkur o‘yinga zahiradan qo‘shilgan Andreas Inesta o‘zining “Barselona” safida La ligadagi 400 o‘yinini o‘tkazdi. Shu munosabat bilan esa biz bu borada Inesta kimlardan oldinda yoki kimlardan ortda qolayotganini aniqlashga harakat qildik. Demak, La ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgab “Barselona” futbolchilari.
Do‘stiga hiyonat qilgan futbolchi haqida
5. Viktor Valdes – 387
Valdes 2002-2014 yillarda davomida “Barselona” darvozasini qo‘riqlagan va mazkur jamoa bilan 21 ta jamoaviy va 8 ta shaxsiy sovrinni qo‘lga kiritgan. Umuman Valdes “Barsa” libosida 533 o‘yin o‘tkazgan. Shulardan 387 tasi La liga o‘yinlariga to‘g‘ri keladi va reytingimizning 5-o‘rinida aynan Valdes turibdi.
Angliya jamoalari o‘tgan asrda qanday liboslarda o‘ynashgan?
4. Migeli – 391
70-80 yillarda to‘p surgan Migeli “Tarzan” laqabiga ega bo‘lgan. Barchangiz yaxshi bilasizki, Karles Puyolda ham huddi shunday –laqab mavjud. Migeli “ko‘k-anor ranglilar” safida 549 uchrashuv o‘tkazgan va shularning 391 tasi La ligaga to‘g‘ri keladi. “Barsa” bilan ikki bor Ispaniya chempioni bo‘lgan Migeli o‘zining “blaugranaslar” safidagi hayrlashuv uchrashuvini 1989 yilning 5 sentyabrida Bolgariya terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan. “Kamp Nou”da muhlislar o‘z suyuklilari bilan munosib tarzda hayrlashgan edilar.
3. Karles Puyol – 392
Puyol – “Barsa” himoyachilari uchun “etalon” sanaladi. 1999 yil asosiy jamoada debyut qilgan Karles “Barselona” bilan olti bor La ligada zafar quchadi. Umuman olganda Puyol mazkur musobaqada 392 uchrashuv o‘tkazgan va “Barselona” futbolchilari orasida bu borada 3-o‘rinda zikr etiladi.
2. Andreas Inesta – 400
2002 yil EChLda “Bryugge” jamoasiga qarshi belllashuvda klub safida debyut qilgan Inesta Ispaniyalik eng sovrindor futbolchi sanaladi. Andreas “blaugranaslar” bilan 27 ta trofeyga ega chiqadi. Inesta La ligada 400 ta o‘yin o‘tkazishi uchun unga 15 yil kerak bo‘ldi. Jamoa sardori birinchi o‘rindagi Xavini ortda qoldirishi uchun kamida 2020 yilgacha hozirgi formasini saqlay bilishi kerak.
1. Xavi – 505
Bu insonni barcha birdek hurmat qiladi. Zero, u o‘zining og‘ir va bosiqligi bilan qolganlardan ajralib turadi. Bugungi kunda Qatarning “Al-Sadd” jamoasida o‘ynayotgan ispaniyalik futbolchi “Barselona” tarkibida 767 o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, jamoa bilan 25 ta sovringa ega chiqqan. 767 o‘yinning 505 tasi Ispaniya chempionati o‘yinlariga to‘g‘ri keladi. Aytish joiz, Xavi tomonidan o‘rnatilgan rekordlar birin-ketin “qulatilqmoqda”.
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar