Lallananing qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

  • 06.09.2018 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasi matbuot xizmati terma jamoa yig‘inida jarohat olgan “Liverpul” yarim himoyachisi Adam Lallananing jarohati haqida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra 30 yoshli futbolchi sentyabr oyi yakuniga qadar lazaretda bo‘ladi. Shundan so‘nggina u maydonga tushishi va mersisaydliklarga yordam berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi doirasida dastlab Ispaniya (8 sentyabr), so‘ngra Shveytsariya (11 sentyabr) terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!