"Latsio" o‘z safiga "Arsenal" forvardini qo‘shib olmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi forvardi Joel Kempbell "Latsio"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Football Italia bergan xabarga ko‘ra rimliklar 26 yoshli kosta-rikalik futbolchini yangi mavsumga qadar o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. O‘z navbatida “kanonirlar” yana bir yildan so‘ng shartnomasi yakunlanadigan futbolchini 3-4 mln evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Kempbell o‘tgan mavsumni "Sporting" va "Betis" klublarida ijara asosida o‘tkazdi va umumiy hisobda 37ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 5ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar