
Legionerlarimiz. Afonin yangi jamoasi safida ilk g‘alabani qo‘lga kiritdi
Hozirgina Rossiya Premer-Ligasi ikkinchi turidan o‘rin olgan “Anji” – “Amkar” o‘yini o‘z nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda Brizgalov tomonidan kiritilgan yagona gol maxachqalaliklarga mavsumdagi ilk g‘alabani taqdim etdi.
Yaxshi bilasiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Vadim Afonin aynan “Anji” safida to‘p suradi. Hamyurtimiz bugun ham asosiy tarkibda maydonga tushdi va maydonda 90 daqiqa harakat qilib, jamoasining g‘alabasiga o‘zining munosib xissasini qo‘shdi.
Rossiya Premer-Ligasi. 2-tur
Anji – Amkar 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 23 Bryzgalov.
Anji – Solosin, Musalov, Fibel, Bryzgalov, Poluyaxtov, Karasev (Guliev, 55), Afonin, Danchenko (Bazelyuk, 70), Mamtov (Katsaev, 71), Yakovlev,Markelov.
Amkar – Nigmatullin, Idovu, Zaytsev, Sivakov, Zanev, Gigolaev (Konde, 46), Kostyukov, Gol (Salugin, 64), Shavaev (Komolov, 40), Bodul, Gasilin.
Ogohlantirishlar: Bryzgalov (11), Gigolaev (39), Poluyaxtov (45), Sivakov (46), Konde (75), Salugin (85), Kostyukov (89).
Fikrlar