
Legionerlarimiz. Bugun Afonin Azmunga, Ismoilov esa “Chelsi”…
Bugun Rossiya Premer ligasida so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov faoliyat olib boradigan “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida “Zenit”ni qabul qiladi.
Termamizning yana bir a’zosi Vadim Afonin to‘p tepadigan “Orenburg” esa o‘z maydonida “Rostov” bilan hisob-kitob qiladi. Yaxshi bilasiz, donliklar safida eronlik Sardor Azmun to‘p suradi. Bugungi o‘yinda mezbonlar g‘alaba qozona olishmasa, kelgusi mavsumni quyi ligada o‘tkazishlariga to‘g‘ri kelish ehtimoli yuqori.
Xitoy Super ligasida 10-tur o‘yinlari bugun davom ettiriladi. Anzur Ismoilov faoliyat yuritib keladigan “Changchun Yatay” klubi o‘z maydonida “Chelsi” klubining sobiq futbolchisi Jon Obi Mikel faoliyat yuritadigan “Tyantszin Teda”ni qabul qiladi. Mazkur o‘yin bizning vaqt bilan 12.30 da start oladi.
Bahodir Nasimovning “Ansan”i esa bugun “Anyang” bilan o‘ynaydi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 15.00 da boshlanishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur o‘yinlarning natijasini SPORTS.uz axborot-portalida kuzatib boring.
12.30 “Changchun Yatay” – “Tyantszin Teda”(Anzur Ismoilov)
15.00 “Anyang” – “Ansan Griners”(Bahodir Nasimov)
17.00 “Lokomotiv” – “Zenit”(Vitaliy Denisov)
17.00 “Orenburg” – “Rostov”(Vadim Afonin)
21.30 “Voyvodina” – “Yavor”(Husniddin G‘ofurov)
Izoh: O‘yinlar boshlanadigan vaqt Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan
Fikrlar