
Legionerlarimiz. Shomurodovning jamoasi "Lokomotiv"ga imkoniyatni boy berdi
Bugun mazkur musobaqa doirasida hamyurtimiz Eldor Shomurodov faoliyat olib boradigan "Rostov" klubi "Lokomotiv"ga qarshi bahs olib bordi. "Espayr-Tsent" stadionida kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi - 1:1.
G‘olibni aniqlash uchun esa penaltilar seriyasiga murojaat etildi. "Futbol lotereyasi"da esa moskvarliklar omadli chiqishdi - 4:3.
Shomurodov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 69-daqiqada zaxiraga olindi. Shu tariqa Valeriy Karpin boshqaruvidagi rostovliklar ochkosiz qolishdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. "Rostov" navbatdagi o‘yinni 28 yanvar sanasida "Zenit"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar