
"Lester" Drinkuoterni ortga qaytarmoqchi
"Chelsi" yarim himoyachisi Denni Drinkuoter yana "Lester"ga qaytishi mumkin.
Daily Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "tulkilar" 28 yoshli sobiq futbolchisini qishki transferlar chog‘idayoq ortga qaytarishni rejalashtirishmoqda. Ta’kidlash kerakki, Denni Drinkuoter “aristokratlar”ning yangi ustozi Mauritsio Sarrining rejalariga kirmaydi.
Ushbu futbolchiga shuningdek "Sautgempton" klubidan ham jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.
Fikrlar