“Leyptsig” futbolchisi “Real” nishonida

  • 16 yanvar, 2019, 06:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyaning “Leyptsig” jamoasi hujumchisi Timo Verner o‘z faoliyatini “Real Madrid” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar 22 yoshli futbolchini jarohat olgan Karim Benzemaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Avvalroq “Borussiya D” va “Bavariya” ham Verner transferiga qiziqqan edi. “Leyptsig” o‘z futbolchisi uchun 60 million evro so‘ramoqda.

Joriy mavsumda Timo Verner Bundesliganing 17 o‘yinida maydonga tushib, 11 ta gol va 2 ta golli pasga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!