
Liga–1. Kavani Neymar yo‘qligini bildirmadi
Frantsiya chempionati 11-turida PSJ jamoasi o‘z maydonida “Nitstsa” futbolchilarini qabul qildi.
Qiziqarli kechgan bellashuvda parijliklar 3:0 hisobida zafar quchdi. Edinson Kavani dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bitta golni Dante o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi.
“Marsel”ga qarshi (2:2) o‘yinda qizil kartochka olgan Neymar mazkur o‘yinda ishtirok etmadi.
PSJ – Nitstsa 3:0
Gollar: 1:0 – 3 Kavani, 2:0 – 31 Kavani, 3:0 – 52, avtogol Dante.
PSJ – Areolya, Tiago Silva, Berchiche, Dani Alves, Kimpembe, Verratti, Rabo (Lo Chelso, 66), Draksler, Di Mariya, Mbappe (Pastore, 80), Kavani (Lukas Moura, 85).
Nitstsa –Benites, Dante, Le Marshan, Byurne, Marlon, Sneyder, Lusamba, Mendi (Tamez, 66), Le-Melu (Sent-Maksimen, 78), Jalle, Balotelli (Plea, 72).
Fikrlar