
"Lion" Depayni jarimaga tortadi. Nega?
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Lion” klubi jamoaning ilk mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborgan yarim himoyachi Memfis Depayni jarimaga tortadi.
“Depay sababsiz mashg‘ulotlarga kelmadi. Buning uchun u jamoaga qaytgach moliyaviy jarimaga tortiladi”, - deydi jamoa bosh murabbiyi Bruno Jenezio.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Depay mavsumlar oralig‘ida jamoani tark etishi va unga “Milan” qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar