
"Lion" prezidenti: Biz Fekirning transferi bo‘yicha "Chelsi" bilan muzokaralar o‘tkazganmiz, lekin...
Frantsiyaning “Lion” klubi prezidenti Jan-Mishel Olas jamoa yarim himoyachisi Nabil Fekir bu yoz “Chelsi”ga o‘tishi mumkin bo‘lgani haqida gapirdi.
“Yozgi transferlar rejasini tuzayotganimizda va yangi mavsum uchun tarkibni aniqlayotganimizda Fekirni ketishiga to‘liq ishongan edik.
Fekirning transferi borasida “Chelsi” bilan muzokaralar o‘tkazdik, lekin yakunda ularda ushbu futbolchiga nisbatan qiziqish bo‘lmadi. Shundan so‘ng tushunib etdikki, biz o‘z rejalarimizni o‘zgartirishimiz lozim. Chunki, Fekir endi safimizda qoladi”, - deydi Olas.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli frantsiyalik futbolchini shuningdek “Liverpul” ham sotib olishga yaqin turgan edi. Biroq, o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng aniqlangan eski jarohat tufayli mersisaydliklar ham o‘z fikrlaridan qaytib qolishdi.
Fikrlar