
"Liverpul" ikki nafar futbolchisini ijaraga bermoqchi
“Liverpul” klubi Evropada yozgi transferlar mavsumi yakuniga qadar ikki nafar o‘yinchisini ijaraga berishni rejalashtirgan.
Ular hujumchi Divok Origi va yarim himoyachi Lazar Markovichdir. Belgiya terma jamoasi a’zosi faoliyatini “Beshiktosh”da davom ettirishi kutilmoqda. Unga avvalroq Dortmundning “Borussiya” jamoasi ham qiziqish bildirgan edi, ammo uning transfer uchun 30 million evro to‘lashdan bosh tortdi.
Markovich esa o‘tgan mavsumni “Anderlext”da ijara asosida o‘tkazdi. Hozirda uning xizmatlariga “Standard” klubi qiziqmoqda.
Fikrlar