"Liverpul" muxlislariga stadionlardagi o‘rindiqlarning keragi yo‘q

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning “Liverpul” klubi muxlislari stadionlarga yana turib tomosha qilinadigan tribunalar tashkil etilishini yo‘qlab ovoz berishdi.

Internetda 17 910 nafar inson qatnashgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ushbu so‘rovomada ishtirok etgan 88 % muxlislar tik turgan holatda tomosha qilinadigan tribunalarning qaytishi tarafdori ekanligi ma’lum bo‘ldi.

5 % muxlislar esa bunga qarshi chiqishgan.

Buyuk Britaniyada esa 1989 yil Angliya Kubogi yarim finalida “Nottingem Forest” xamda “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi bahsga mezbonlik qilgan “Xillsbro” o‘yingohida yuzaga kelgan tiqilinch sabab 100 ga yaqin muxlis halok bo‘lgan va shundan buyon tik turib kuzatish uchun mo‘ljallangan tribunalar olib tashlangan va stadiondagi xavfsizlik choralari kuchaytirilgan edi.

“Liverpul” rahbariyati esa stadionlar uchun talablar biroz yumshatilgan taqdirda, muxlislarning fikrini inobatga olishlarini aytib o‘tishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!