
"Liverpul" qishda "Napoli" etakchisini sotib olmoqchi bo‘ldi, ammo...
"Liverpul" klubi qishki transferlar davrida "Napoli" vingeri Lorentso Insineni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan. Bu haqda Repubblica nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra mersisaydliklar 27 yoshli italiyalik futbolchi uchun 70 million evro taklif qilishgan, ammo rad javobini olishgan. Aniqrog‘i, neapolliklar sardori Aurelio De Laurentis ushbu futbolchini 150 mln evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Insine joriy mavsum “Napoli” safida 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar