“Liverpul”da jonli devor revolyutsiyasi (foto)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Angliya premer-ligasining 25-turida “Liverpul” o‘z maydonida “Tottenxem”ni qabul qilgan edi. Qiziqarli va murosasiz kechgan o‘yinda mersisaydliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Har ikki golga Sadio Mane mualliflik qildi. U 16 va 18 daqiqalarda gol kiritdi.

E’tiborlisi “Tottenxem” futbolchilari tomonidan amalga oshirilayotgan jarima zarbalaridan birida mersisaydliklar jonli devorni noodatiy tarzda o‘rnatishdi. Aniqrog‘i, Filippe Koutino jonli devorda turgan sheriklari  Jordan Xenderson va Roberto Firminolarning orqasiga o‘tib yashirinib oldi.

Balkim “Liverpul” futbolchilari raqibning pastdan yo‘llaydigan zarbasini qaytarishmoqchi bo‘lishgandir...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!