"Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvida jamoalar qaysi rangdagi liboslarda o‘ynashi ma’lum

  • 06.04.2018 13:16
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun oshkentdagi "Lokomotiv" stadionida "Lokomotiv" hamda "Qo‘qon-1912" jamoalari rasmiylari va PFL vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Yig‘ilishda uchrashuv komissari Baxtiyor Mametov jaomalar vakillariga o‘yin atrofidagi tartib qoidalarni yana bir bor eslatib o‘tdi.

Jaomalar maydonga qanday rangdagi formalarda chiqishlari borasida ham kelishib olindi. Unga ko‘ra ertangi bahsda "Qo‘qon-1912" "havorang" sport kiyimlarida maydonga tushadilar. Maydon egalari esa "qizil" rangdagi sport kiyimlarida maydonga tushishadi.

"Qo‘qon-1912" jamoasi muxlislariga "Lokomotiv" stadionining 6-sektoridan joy ajratiladigan bo‘ldi. Mehmon jamoa muxlislariga bepul chiptalar taqdim qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!