
"Lokomotiv" AGMK jamoasiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi
Unda “Lokomotiv” jamoasi O‘zbekiston Kubogi sohibi AGMKga qarshi bahs olib bordi. Ajoyib o‘tgan bahsning 18-daqiqasida Jasur Hasanov jarima zarbasidan keyin darvozani ishg‘ol qildi. 40-daqiqada esa Vladislav Kasminin burchakdan oshirilgan to‘pga boshi bilan zarba berib, hisobni 0:2 ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida Sardor Rashidov raqib himoyachisini aldab o‘tib, darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 68-daqiqala Alisher Shog‘ulomov darvozabon bilan birga-bir vaziyatdan unumli foydalandi, 2:2.
Bugun “Lokomotiv” tarkibida asosan yoshlar to‘p surdi. Chunki jamoaning 7 nafar asosiy futbolchisi milliy terma yig‘inlarida qatnashmoqda.
Sinov-nazorat uchrashuvi
“Lokomotiv” – AGMK 2:2
Gollar: Sardor Rashidov (61), Alisher Shog‘ulomov (68) – Jasur Hasanov (18), Vladislav Kasminin (40).
Fikrlar