"Lokomotiv" so‘nggi turda "Bunyodkor"ni mag‘lub qildi

CHERY AUTO

Oliy Liga so‘nggi turida muddatidan oldin mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan “Lokomotiv” “Bunyodkor” maydoniga mehmon bo‘ldi.

Tecno

Qiziqarli kechgan bahsda yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi. Mazkur golga 75-daqiqada Sardor Mirzaev mualliflik qilib, “temiryo‘lchilar”ning kichik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Shunday qilib, “Lokomotiv” ochkolari sonini 74 taga etkazgan bo‘lsa, “qaldirg‘ochlar” 63 ochko bilan mavsumni ikkinchi o‘rin bilan yakunladi.

Oliy Liga 30-tur
23.11.2016

“Bunyodkor” – “Lokomotiv” - 0 : 1 (0 : 0, 0 : 1)

Gol: Sardor Mirzaev 75
Ogohlantirishlar: Akmal Shorahmedov 45

“Bunyodkor”: 45.Akbar To‘raev, 15.Javlon Mirabdullaev, 2.Akmal Shorahmedov, 22.Rustamjon Ashurmatov, 3.Akramjon Komilov, 30.Yuritsa Bulyat, 17.Dostonbek Hamdamov, 29.Otabek Shukurov, 10.Eldor Shomurodov (23.Shohruh Gadoev 57), 14.Bahodir Nasimov (9.Minori Sato 76), 19.Zabixillo O‘rinboev.

“Lokomotiv”: 1.Ignatiy Nesterov, 13.Nemanya Yanichich, 20.Islom To‘xtaxo‘jaev, 37.Sherzod Fayziev, 4.Bobur Yo‘ldoshev, 15.Sardor Mirzaev, 22.Sanjar Shoahmedov, 5.Kaxi Maxaradze, 71.Artur Gevorkyan, 10.Marat Bikmaev (18.Temur Kopadze 57), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov (33.Oleg Zoteev 46).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!