
Lomachenko: Pakyaoga qarshi ringga chiqishni kutib qolaman
WBC engil vazn toifasida chempion Vasiliy Lomachenko Menni Pakyaoga qarshi jang qilishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Bunday jang meni qiziqitirib qo‘ydi, biroq jamoada turli hil fikrlar mavjud. Pakyaoning oxirgi intervyusida uning engil vaznda faoliyat olib borish xohishi borligini eshitgandim. Agar bu rostan ham sodir bo‘lsa, men bu uchrashuvni kutib qolaman, - deya Vasiliyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi LOMA Official TV nashri.
Ma’lumot uchun, Lomachenko joriy yilning may oyida Xorxe Linaresni mag‘lub etib WBC chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar