Lopetegi: "Real" AQShda o‘ynamaydi
"Menimcha, "Real" AQShda o‘ynamaydi. Bu borada men futbolchilar tomondaman. Ularda to‘g‘ri va ob’ektiv sabablar bor", - dedi Lopetegi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Ispaniya La Ligasi birinchilikning ayrim o‘yinlarini okean ortida o‘tkazish bo‘yicha Relevent mediakompaniyasi bilan 15 yillik shartnoma imzolagan edi.
La Ligada ishtirok etuvchi 20 ta klub sardorlari esa bu kelishuv ustidan bu borada tegishli organlarga murojaat qilib, qarshi ekanliklarini bildirishgan edi.



Fikrlar