
Lopetegi "Real"da so‘nggi 11 yildan buyon hech bir murabbiy qilmagan ishni qildi
Xabaringiz bor kecha UEFA Superkubogi uchun o‘tkazilgan Madrid derbisida “Real” hamshahari “Atletiko”ga 4:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
E’tiborlisi, Xulen Lopetegi so‘nggi 11 yil ichida “qirollik klubi”da debyut o‘yinidayoq mag‘lub bo‘lgan ilk murabbiy bo‘ldi.
Ta’kidlash kerakki, so‘nggi marta “Real” bosh murabbiyi sifatida Bernd Shuster o‘zining debyut uchrashuvini 2007 yilinng 11 avgust kuni “Sevilya”ga qarshi Ispaniya Superkubogida o‘tkazgan va 1:0 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan o‘tgan mavsum yakunlangach o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqqach, uning o‘rnini aynan Lopetegi egalladi.
Fikrlar